Yurak ishemik kasalliklari va dislipidemiya bo‘limi
Umumiy ma’lumot
Yurak ishemik kasalligi va dislipidemiya boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasida YuIK, dislipidemiya va aterosklerozni tashxislash va davolashning yangi usullari oʻrganilayotgan va joriy etilayotgan, shuningdek, yurak-qon tomir kasalliklarini davolashga yondashuvlarni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilayotgan yagona boʻlim hisoblanadi.
Boʻlim faoliyatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
- yurak ishemik kasalligi va aterosklerotik shikastlanishlarning boshqa shakllari bilan ogʻrigan bemorlarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish;
- aterosklerozning rivojlanish mexanizmlarini oʻrganish va uning oldini olish hamda davolash usullarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish;
- zamonaviy diagnostika va terapevtik texnologiyalarni klinik amaliyotga joriy etish;
- kardiologiya sohasida yosh mutaxassislarni tayyorlash va oʻqitish.
Bo‘lim 20 o‘ringa ega bo‘lib, zamonaviy diagnostika uskunalari bilan jihozlangan.



Davolash
Bo’limda xalqaro standartlarga javob beradigan bemorlar tekshiruvlari o'tkaziladi:
- 24 soatlik qon bosimi monitoringi (QQM),
- 24 soatlik Xolter EKG monitoringi (HMECG)
- qon lipid profilini va barcha qon tahlillarini analiz qilish
- tredmil sinamasi
Bo’limda t.f.d.,professor Shek A.B. rahbarligida yuqori malakali mutaxassislar ishlaydi. Bo`lim integrativ tibbiyot tamoyillari asosida bemorni davolashga individual va yaxlit yondashuvni amalga oshiradi. Bo‘lim mutaxassislari komorbid holatlari bo‘lgan bemorlarning xavf-xatar stratifikatsiyasini aniqlaydi va xalqaro ko‘rsatmalarga muvofiq davolashni amalga oshiradi.
Natijalar
Yurak ishemik kasalliklari va dislipidemiya bo‘limida olib borilayotgan kompleks tashxis va davolash ishlari yuqori samara bermoqda.
Zamonaviy diagnostik usullar, xalqaro protokollarga tayangan individual yondashuv va tajribali mutaxassislar mehnati natijasida quyidagi yutuqlarga erishilmoqda:
- YuIK va dislipidemiya bilan og‘rigan bemorlarda erta tashxis qo‘yish ko‘rsatkichlari oshdi.
- Bemorlarda xafaqat xatar omillarini baholash va ularni kamaytirish bo‘yicha yaxlit strategiyalar amaliyotga joriy etildi.
- Lipid almashinuvi buzilishlari aniqlanganda, zamonaviy terapiya natijasida klinik ko‘rsatkichlar sezilarli darajada yaxshilandi
- Tredmil, Xolter monitoringi va boshqa instrumental tekshiruvlar orqali yuza beruvchi asoratlarni oldini olish samaradorligi oshdi.
- Ateroskleroz va YuIK bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalari klinik amaliyotga tatbiq etilib, bemor davolash sifati yangi bosqichga ko‘tarildi.
- Davolangan bemorlarda qaytalanish darajasi kamayib, umumiy hayot sifati sezilarli ravishda oshmoqda.
Bu natijalar bo‘limdagi yuqori malakali mutaxassislar, ilg‘or texnologiyalar va bemorga nisbatan individual yondashuv samarasidir.


670 nafar
Fuqaro yil davomida salomatligin tiklaydi
15 turdagi
Yangi zamonaviy va ilgor davolash usullari
22 nafar
Bo’limda tibbiyot xodimlari xizmat qiladi

