Elektrofiziologik tadqiqotlar (EFT) va yurak ritmi buzilishining murakkab turlarini jarrohlik yo‘li bilan davolash bo‘limi
Umumiy ma'lumot
Elektrofiziologik tadqiqotlar (EFT) va yurak ritmi buzilishining murakkab turlarini jarrohlik yo‘li bilan davolash bo‘limi 2008-yilda tashkil etilgan. Bo‘limni tashkil etishdan maqsad yurak ritmi va o‘tkazuvchanligi buzilgan bemorlarga jahon standartlari darajasida yuqori texnologik yordam ko‘rsatish.
EFI va yurak ritmi buzilishining murakkab turlarini jarrohlik yo‘li bilan davolash bo‘limi 20 ta o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, zamonaviy rentgen-jarrohlik bloki mavjud va u zamonaviy uskunalar («BARD» ,»Micro Pace» Siemens «Artis Q», «CARTO 3» navigatsiya tizimi, «Medtronic» va «Boston Scientific» krioablatsiya modullari, «EP-Tracer» EFI uchun mobil modul) bilan jihozlangan

Vazifalar
Bo’limda xalqaro standartlarga javob beradigan bemorlar tekshiruvlari o'tkaziladi:
- 24 soatlik qon bosimi monitoringi (QQM)
- 24 soatlik Xolter EKG monitoringi (HMECG)
- Bir yoki ikki kamerali elektrokardiostimulyator implantatsiyasi
- Yurak resinxronizatsiyalovchi terapiyasi uchun qurilmalarni implantatsiya qilish (CRT-P, CRT-D)
- Implantatsiya qilinadigan kardioverter defibrillyatorlar (IKD, ICD) implantatsiyasi
"CARTO 3" navigatsiya tizimi hamda "Medtronic" va "Boston Scientific" krioablatsiya modullari yordamida quyidagi yurak aritmiyalarini EFT va RCHT o‘tkaziladi:
- Qorincha usti ekstrasistoliyalari
- Qorincha ekstrasistoliyalari
- WPW sindromi
- Atrioventrikulyar tugunli retsiprok taxikardiya
Bo’limda tibbiyot fanlari doktori Amirkulov B.D. rahbarligida yuqori malakali mutaxassislar ishlaydi. Bo`lim integrativ tibbiyot tamoyillari asosida bemorni davolashga individual va yaxlit yondashuvni amalga oshiradi. Bo‘lim mutaxassislari komorbid holatlari bo‘lgan bemorlarning xavf-xatar stratifikatsiyasini aniqlaydi va xalqaro ko‘rsatmalarga muvofiq davolashni amalga oshiradi.
Solution
Elektrofiziologik tadqiqotlar va yurak ritmi buzilishlarini jarrohlik yo‘li bilan davolash bo‘limi faoliyati natijasida bemorlarda yurak ritmining barqarorlashuvi, hayot sifati va jismoniy faollikning sezilarli darajada oshishi ta’minlanadi.
Aritmiyalarni erta aniqlash va zamonaviy EFT hamda ablatsiya usullari yordamida davolash o‘tkir holatlar, insult va to‘satdan yurak o‘limi xavfini kamaytiradi. Implantatsiya qilinadigan qurilmalar (EKS, CRT, ICD) bemorlarning yurak faoliyatini nazorat qilish, ritmni tiklash va yurak yetishmovchiligini kamaytirishga xizmat qiladi. Bo‘lim mutaxassislarining integrativ va individual yondashuvi natijasida davolash samaradorligi oshib, xalqaro klinik ko‘rsatmalarga muvofiq yuqori xavfli bemorlar uchun ham barqaror klinik natijalarga erishilmoqda.
81%
A totally new way to grow your business
Improved
A totally new way to grow your business
Increased
A totally new way to grow your business

