Markazning rivojlanish tarixi
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy- amaliy tibbiyot markazi


Poydevor

Yevgeniy Ivanovich Chazov
1929 — 2021

Rauf-Rafael Aleksandrovich Katsenovich
1920 — 2003
Markaz 2022-yilga kelib deyarli 50-yillik shonli tarixga ega. Uning asosini 1976-yilda akademik E.I.Chazovning tashabbusi va bevosita ko‘magi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston kardiologiya ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etadi. Mustaqillikdan so‘ng Markaz Respublika kardiologiya ilmiy-tadqiqot institutiga aylantirildi. Dastlab Respublika kardiologiya ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent davlat tibbiyot instituti tarkibiga kirgan bo‘lib, 1978-yildan mustaqil institutga aylantirilgan.
Respublika kardiologiya ilmiy-tadqiqot institutining birinchi direktori akademik O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi Rauf-Rafael Aleksandrovich Katsenovich hisoblanadi.



Markaz maqomi
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikdan so‘ng sog‘liqni saqlash sohasida o‘tkazgan islohotlari natijasida kardiologiya yo‘nalishi tubdan qayta ko‘rib chiqildi va ushbu yo‘nalishni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son “Sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Faromni asosida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot kardiologiya markazi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning zamonaviy talablarga javob beradigan samarali tizimini yanada shakllantirish, profilaktika va kasalliklarni barvaqt aniqlashni takomillashtirish, aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan kardiologik tibbiy yordam ko‘rsatishning natijadorligi, sifatini tubdan oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3071-sonli qarori asosida ixtisoslashtirilgan markazga aylantirildi.



Vazifalar
Markazning asosiy vazifalari etib:
- zamonaviy diagnostika usullarini joriy etish va yurak-qon tomir tizimi kasalliklariga chalingan bemorlarga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish;
- mavjud tibbiyot uskunalari va jihozlarini doimiy ravishda yangilab turish va modernizatsiya qilish, markazni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash, jahon yutuqlari darajasida ixtisoslashgan yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatishga imkon berish;
- asosiy yurak-qon tomir kasalliklari (yurak ishemik kasalligi, miokard infarkti, yurak ritmining buzilishi, arterial gipertenziya) bilan kasallangan bemorlarning profilaktikasi, diagnostikasi va davolash bo‘yicha o‘z ilg‘or usul va texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;
- arterial gipertenziya, yurak tomirlari kasalligi va ularning rivojlanish xavf omillari (chekish, jismoniy harakatsizlik, spirtli ichimliklarni haddan tashqari iste’mol qilish, ortiqcha vazn va boshqalar) oldini olish bo‘yicha Respublika maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda faol ishtirok etish;
- yetakchi kardiologik tibbiyot muassasalari va markazlari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, Markaz tibbiyot xodimlarining malakasini doimiy ravishda oshirish va takomillashtirish.
494
1
5
18
28
8
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyundagi PQ-3071-sonli “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-oktyabrdagi 826-sonli «Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazining namunaviy ustavini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorlari asosida Yagona darchadan guvohnoma mavjud.

