Markaz jamoasi uchun unutilmas kun
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Markaz Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida xodimlar uchun navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.




“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-son Farmonida belgilangan vazifalarga muvofiq, jamoamiz Samarqand viloyatining tarixiy ziyoratgohlarini ziyorat qilib, boy merosimiz bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur safar xodimlarimizga maroqli hordiq ulashib, jamoa o‘rtasidagi mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirdi. Samarqandning qadimiy ruhi va muqaddas maskanlari esa ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.

